$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 10-oktyabrning eng muhim voqealari

positive

Samarqandda “Samarkand Hospitality Days” - HoReCa 2024 oʻz ishini boshladi

Bugun Samarqandda Markaziy Osiyoda mehmonxona, restoran va turizm biznesi sohasida muhim voqea – “Samarkand Hospitality Days” - HoReCa 2024 xalqaro mehmondo‘stlik va turizm sanoati ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu ko‘rgazma mehmondo‘stlik sanoati mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish, eng yangi texnologiyalarni taqdim etish va bozorning asosiy tendentsiyalarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos platformadir.

“O‘zbekneftgaz” va “Schlumberger” hamkorligi

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov va “Schlumberger” kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi rahbari Marina Trinka Vespan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish va geologik-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.  

Ta’kidlanganidek, “Schlumberger” dunyodagi eng yirik "Katta to‘rtlik"ka kiruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1926 yilda tashkil etilgan kompaniya global miqyosda o‘z mijozlariga energiya resurslaridan samarali foydalanishga yordam beruvchi raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalarni taklif etadi. Kompaniya o‘zining zamonaviy yutuqlari bilan 120 dan ortiq davlatda neft-gaz sohasida xizmat ko‘rsatadi.  

“O‘zbekneftgaz” AJ “Schlumberger” kompaniyasi bilan 2019-yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida neft va gaz sanoatida 5 tadan ortiq yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Barqarorlik reytengidagi tadbirkorlar hisobiga 1,1 trln. so’m QQS

O‘zbekistonda joriy yil 1-fevraldan Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting natijalari Soliq qo‘mitasining elektron platformasida avtomatik tarzda shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilmoqda. Shuningdek, reyting ma’lumotlarini Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Savdo sanoat palatasining ma’lum qilishicha, ushbu tizim joriy qilingan kundan bugungacha AAA reytingdagi tadbirkorlarning 724 tasiga 1,1 trln. so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.

Shuningdek, A va undan yuqori reytingdagi 355 ta tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.

Tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda 92 ta tadbirkor tomonidan to‘lanadigan 319,2 mlrd. so‘mlik QQS summalari o‘zaro hisobga olindi.

Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiyada o’zgarish

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, sentyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi avvalgi oyga nisbatan biroz pasayib, 13,4 foizni qayd etdi.

O‘tgan oyda fuqarolar orasida kutilayotgan o‘rtacha inflyatsiya darajasi 16,5 foizni (oktyabrda 16,2 foiz) tashkil etdi — bu may oyidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Oy davomida inflyatsiya kutilmalarining o‘rtacha darajasi 13,6 foizdan 14,4 foizgacha ko‘tarildi. Bungacha ko‘rsatkich bir necha oy davomida nisbatan barqaror darajada saqlanib qolgan edi — taxminan 13,6 foiz.  

Sentyabr oyi yakunlari bilan sezilgan inflyatsiya 13,4 foizni tashkil etgan. Eng yuqori inflyatsiya, ya’ni 15,4 foiz Toshkent shahrida sezilgan bo‘lsa, eng past sezilgan inflyatsiya darajasi Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.

Теги :
Жамият