$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-oktyabrningning eng muhim voqealari

positive

Kinematografiya agentligi markaziy apparatining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi  

Yig'ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6166 Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo’shma chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5132-sonli qarori, Hukumat topshiriqlari ijro holati haqida ma’lumot berildi, shuningdek, agentlik tizim tashkilotlarining III chorak yakunlari bo’yicha qilingan ishlari to’g’risidagi hisoboti tinglandi.

Janubiy Koreyadagi sayyohlik kompaniyalari O‘zbekiston bo‘ylab infotur uyushtirmoqchi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Seul shahrida Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi (KATA) raisi O Chang Xi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat turizm sohasi vakillarining oʻzaro hamkorligi, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish, shuningdek, oʻzaro sayyohlik oqimini koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokara yakunlari bo‘yicha tomonlar Koreya turoperatorlari uchun O‘zbekistonga infotur tashkil etish va Koreya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi bilan birgalikda PR-kampaniya o‘tkazish masalasi ustida ishlashga kelishib oldilar.

Xitoyda an’anaviy global savdo-sanoat ko‘rgazmasi ochildi

XXR Lyaoning provinsiyasida yirik xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. Mazkur an’anaviy iqtisodiy forumda ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etyapti.

Bugungi kunda Xitoy iqtisodiy taraqqiyotini butun dunyo tan olayotgani sir emas. Lyaoning muzofoti esa ushbu ko‘lamdor rivojlanish jarayoni lokomotivi sifatida e’tirof etiladi. Sababi, Chin mamlakatining asosiy va eng yirik ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot majmualari aynan shu hududda joylashgan. Barcha nou-xaular, istiqbolli taklif va tashabbuslar, kreativ yondashuvlar shu yerdan boshlanadi. Demakki, ushbu provinsiya har yili an’anaviy global iqtisodiy forumga xaqli ravishda mezbonlik qiladi. Anjumaning rasmiy ochilish marosimida tashkilotchilar va ishtirokchi davlatlar vakolatli mutasaddilari o‘z yurtlaridagi sarmoyaviy muhit, sanoat, turizm salohiyatiga oid taqdimotlarini namoyish qilishdi. Shundan so‘ng ko‘plab mahalliy va horijiy biznes vakillari o‘rtasida avval erishilgan hamkorlik shartnomalarini Xitoy xususiyatiga muvofiq ravishda ramziy imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli sportchilarimizning ustozlari taqdirlandi

Poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 1 oktyabr – O‘qituvchi va va murabbiylar kuni munosabati bilan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdirlash marosimida O‘zbekiston sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov so‘zga chiqib, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladilar.  

Теги :
Jamiyat