$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yilda davlat xizmatlari portali qanday natijalarga erishdi?

portal

Elektron davlat xizmatlarini aholiga yetkazib berishda My.gov.uz portali yetakchi o‘rinda turibdi. Ushbu portal nafaqat qulaylik, balki vaqtni tejash va resurslarni samarali boshqarishga imkoniyat yaratmoqda. Hozirda xizmatlar soni 700 dan oshgani, mobil va onlayn imkoniyatlar kengaygani Yagona portalning naqadar ommabop ekanligini ko‘rsatmoqda.

700 dan ortiq elektron xizmat

My.gov.uz orqali aholiga 700 dan ortiq davlat xizmatlari taqdim etilmoqda, bu esa hujjatlarni tez va qulay hal qilish imkonini beradi. Bularning 530 ga yaqini mobil ilova orqali amalga oshiriladi, bu xizmatlarni nafaqat kompyuterdan, balki telefon orqali ham olishni osonlashtiradi.

32 milliondan ortiq murojaat  

Portalning ommabopligi 32 milliondan ziyod murojaat orqali tasdiqlanmoqda. Ushbu ko‘rsatkich raqamli davlat xizmatlariga bo‘lgan talab ortayotganini yaqqol namoyon etadi.

10 milliondan ortiq foydalanuvchi  

10 milliondan ortiq foydalanuvchi My.gov.uz xizmatlarini tanladi. Bu raqam aholining raqamli davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchi va qiziqishini aks ettiradi. Har bir foydalanuvchi uchun xizmatlar qulay va tezkor yechimni ta’minlashda davom etmoqda.

 Qog‘ozni tejash va tabiatni asrash

Maʼlum qilinishicha, oʻtgan 2024-yilda 160 tonnadan ortiq qog‘oz tejab qolinib, 3,2 ming daraxt saqlab qoldi.  

Shuningdek, hozirda My.gov.uz orqali 530 dan ortiq xizmatni mobil ilovada olish mumkin. Bundan tashqari shakarli ichimliklar uchun nazorat tizimi 2025-yil 1-iyulgacha ishga tushiriladi. Uy-joy soliqlari bo‘yicha cheklovlar 2025-yilga belgilandi. Yer qa’ridan foydalanish soliqlari yangi stavkalarda tasdiqlandi.

Теги :
Jamiyat