Dushanba, 23-noyabr, 2026
Havo 80 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +23° kechasi +9°

Faqat elektr quvvatida 500 km yuradigan gibrid: Leapmotor D19 O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

Dastlabki xaridorlarga avtomobillar taqdimot kunining o‘zida topshirildi. Model elektr va gibrid versiyalarda taklif etiladi.

3 daqiqa o‘qiladi

D19

Leapmotor kompaniyasining yangi flagman SUV modeli D19 O‘zbekiston bozoriga rasman olib kirildi. Avtomobilning taqdimoti 20-noyabr kuni Toshkentda brendning mamlakatdagi rasmiy distribyutori Evolution Motors tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida avvaldan buyurtma bergan xaridorlarga avtomobillarni topshirish ham boshlandi.

Taqdimot Sherzod Jalalov boshchiligida o‘tkazilib, unda mijozlar, hamkorlar va OAV vakillari qatnashdi.

D19 bir quvvatlanishda 500 km gacha yuradi

Leapmotor D19 keng salon, zamonaviy texnologiyalar va uzoq masofalarga safar qilish imkoniyatini birlashtirgan SUV hisoblanadi. Model ikki xil konfiguratsiyada ishlab chiqariladi: elektr yuritmasiga ega BEV hamda masofani uzaytiruvchi tizimli REEV.

REEV versiyasi CLTC sinov standartiga ko‘ra, faqat elektr energiyasi hisobiga 500 km gacha, umumiy hisobda esa 1 180 km gacha masofa bosib o‘ta oladi. To‘liq elektr BEV modifikatsiyasining yurish masofasi esa 720 km gacha yetadi.

Avtomobil aqlli kokpit, haydovchiga yordam beruvchi tizimlar va elektr harakatlantirish texnologiyalari bilan jihozlangan. D19 kundalik foydalanish, oilaviy safarlar, biznes maqsadlari va uzoq masofali yo‘nalishlar uchun mo‘ljallangan. REEV versiyasida shahar ichida elektr energiyasidan foydalanish, uzoq yo‘llarda esa umumiy yurish masofasidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Evolution Motors bosh direktori Ilhomjon Isomitdinovning ta’kidlashicha, dastlabki avtomobillarning taqdimot kunidayoq xaridorlarga topshirilishi kompaniya uchun muhim voqea bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, D19’ga bildirilgan dastlabki talab modelning kundalik qatnov va uzoq safarlar uchun mos avtomobil sifatida qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatmoqda. Kompaniya endilikda rasmiy dilerlik tarmog‘i orqali mijozlarga sotuv va servis xizmatlarini bir xil standartda taqdim etishga e’tibor qaratadi.

Leapmotor vakili Zhiwen Gu ham O‘zbekiston kompaniyaning xalqaro rivojlanish strategiyasida muhim bozor ekanini qayd etdi. U D19 orqali brendning yangi texnologiyalari mahalliy xaridorlarga taqdim etilayotganini, Evolution Motors bilan hamkorlikda mamlakat bo‘ylab avtomobillar, sotuv va servis xizmatlari sifatini oshirish ishlari davom ettirilishini bildirdi.

Leapmotor yana ikkita yangi modelini taqdim etdi

D19 bilan birga kompaniyaning yana ikkita modeli ham O‘zbekiston bozorida sotuvga chiqarildi.

Shahar sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan ixcham Leapmotor A10 elektr quvvatida 505 km gacha masofa bosib o‘ta oladi. Uning boshlang‘ich narxi 260 mln so‘m etib belgilangan.

Yangilangan old dizaynga ega Leapmotor C16 esa ikki xil versiyada taklif qilinadi. Elektr modifikatsiyasi 630 km gacha yurish masofasiga ega bo‘lib, 420 mln so‘mdan sotiladi. REEV versiyasi faqat elektr quvvatida 280 km gacha harakatlana oladi, uning narxi esa 415 mln so‘mdan boshlanadi.

Yangi modellar taqdimoti bilan Leapmotor’ning O‘zbekistondagi avtomobillar qatori ixcham shahar elektromobillaridan tortib, D19 kabi yirik flagman SUV’largacha kengaydi.

D19 narxlari

O‘zbekistonda Leapmotor D19’ning quyidagi versiyalari taklif etilmoqda:

  • D19 REEV 500 Premium 6 — elektr quvvatida 500 km gacha, umumiy 1 180 km gacha yurish masofasi (CLTC). Narxi 640 mln so‘mdan.

  • D19 BEV 720 Premium 6 — 720 km gacha yurish masofasi (CLTC). Narxi 660 mln so‘mdan.

Qayerdan xarid qilish mumkin?

Leapmotor D19’ga Evolution Motors’ning rasmiy dilerlik markazlarida buyurtma berish mumkin. Avtomobilni sinovdan o‘tkazish uchun evolutionmotors.uz sayti yoki +998 78 141 88 88 raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy banki (NBU) bilan hamkorlikda 34 oygacha minimal ustama bilan muddatli to‘lov taklif etiladi. Bunda kredit yoki muddatli to‘lov shartlari bank qaroriga bog‘liq.

Evolution Motors — Leapmotor’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 28 ta rasmiy dilerlik markaziga ega. Kompaniya C01, C10, C11, C16, B10, A10 va D19 modellari uchun savdo hamda servis xizmatlarini ko‘rsatadi.

Reklama huqulari asosida