$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida ombor terminali quradi

Poti porti

O‘zbekiston Gruziyaning Poti shahridagi erkin industrial zonada omborxona terminali qurilishiga 50 million lari (18,3 million AQSH dollari) sarmoya kiritmoqda.

Loyiha 3 boshqichda amalga oshiriladi

Poti MIZ direktori David Ebralidzening aytishicha, terminal qurilishi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar bir yilga yaqin davom etgan.

Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda sig‘imi 1 ming tonnadan ortiq muzlatilgan mahsulotlar ombori tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda 5 ming kvadrat metrlik ombor quriladi. Uchinchi bosqichda 8 ming kvadrat metr maydonda yopiq ombor, shuningdek, hajmsiz va konteynerli yuklar terminalini qurish rejalashtirilgan.

Yevropaga eksport yo‘li

Ombor terminalidagi yuklar O‘zbekistondan olib kelinadi va keyin Yevropaga jo‘natiladi. Shuningdek, yuklarni ortish teskari yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Qurilish joyida topogeodezik ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda umumiy sxema, loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda, shuningdek, muhandislik-geologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat