$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida ombor terminali qurilishini boshladi

positive

O‘zbekiston “Poti” erkin industrial zonasida yirik ko‘p funksiyali terminal qurishni boshladi. Bu haqda “Smart Press” nashri xabar berdi.

Investitsiya hajmi

Loyiha 30 gektar maydonda amalga oshirilmoqda va umumiy investitsiya qiymati 50 mln. lari (qariyb $18,3 mln.)ga baholanmoqda.

Qurilish bosqichlari

Qurilishning birinchi bosqichi ming tonna sig‘imga ega muzlatilgan mahsulotlar omborini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi bosqichda umumiy yuklarning 5 ming kv.metrlik yopiq ombori qurilishi ko‘zda tutilgan. Uchinchi bosqichda quyma yuklar ombori hamda yirik gabarit va konteyner yuklari uchun terminal qurish rejalashtirilgan.

Yevropaga eksport

Ombor terminali keyinchalik Yevropaga eksport qilish uchun O‘zbekistondan yuklarni qabul qiladi. Bundan tashqari, Yevropa tovarlarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashish rejalashtirilgan.

“Poti” EIZ direktori David Ebralidzening aytishicha, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan muzokaralar bir yil davom etgan.

“Biz tafsilotlarni uzoq vaqt muhokama qildik va hozir loyiha oldinga siljimoqda. Bu har ikki tomon uchun ham strategik muhim tashabbusdir”, — dedi u.

Теги :
Жамият