O‘zbekistonning eng ko‘p aholi yashaydigan hududi qaysi?
O‘zbekistonda aholi eng zich va ko‘p yashaydigan hudud deganda ko‘z oldimizda poytaxt, Toshkent gavdalanadi. Haqiqatda ham shundaymi?
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholi eng zich va ko‘p yashaydigan hudud deganda ko‘z oldimizda poytaxt, Toshkent gavdalanadi. Haqiqatda ham shundaymi? Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan. Xo‘sh, hududlar kesimida raqamlar qanday? Qaysi hududda aholi eng ko‘p yashaydi?
1 km kv yer maydoniga 82 nafar doimiy aholi
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Aholining 18 768,5 ming kishisi shahar joylarda, 18 031,3 ming kishisi qishloq joylarda yashaydi.
Hududlar kesimida esa doimiy aholi soni:
- Samarqand viloyati – 4 227,3 ming kishi
- Farg‘ona viloyati – 4 079,5 ming kishi
- Qashqadaryo viloyati – 3 577 ming kishi
- Andijon viloyati – 3 409 ming kishi
- Namangan viloyati – 3 079,9 ming kishi
- Toshkent viloyati – 3 066,0 ming kishi
- Toshkent shahri – 3 058,4 ming kishi
- Surxondaryo viloyati – 2 891,7 ming kishi
- Buxoro viloyati – 2 050,6 ming kishi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 008,8 ming kishi
- Xorazm viloyati – 2 002,8 ming kishi
- Jizzax viloyati – 1 514,5 ming kishi
- Navoiy viloyati – 1 079,9 ming kishi
- Sirdaryo viloyati – 917,9 ming kishi



