O‘zbekiston 8 oyda 15 ta davlatga polietilen eksport qilgan
Eksport qilingan mahsulotlar qiymati 141 mln. dollardan oshiqroq bo‘lgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Eksport qilingan mahsulotlar qiymati 141 mln. dollardan oshiqroq bo‘lgan.
Polietilen eksporti
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.
O‘sish surati
Polietilen eksporti hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,7 ming tonnaga oshgan.
2022-yilda esa O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatga 267,5 mln. dollarga teng bo‘lgan polietilen eksport qilgan edi.
Eksport qilingan davlatlar
O‘zbekiston 2024 yilning 8 oyida 15 ta davlatga polietilen sotgan.
2024 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:
— Turkiya – 80,2 ming tonna
— Latviya – 27,4 ming tonna
— Rossiya – 23,5 ming tonna
— Xitoy – 20,1 ming tonna
— Qozog‘iston – 16,2 ming tonna
— Gruziya – 2,9 ming tonna



