$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorazmda ijtimoiy tarmoq orqali tashkil etilgan “AIF” platformasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaat kelib tushgan.

Platformadan foydalangan fuqarolar katta miqdorda zarar ko‘rgan

Murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi “AIF” platformasining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu platforma ayni paytda o‘z faoliyatini noma’lum sababga ko‘ra to‘xtatganligi va murojaat qiluvchi shaxslarga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishi qo‘zg’atilgan va tergov guruhi tuzilgan

Mazkur holat yuzasidan, 3-sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasini 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, jinoiy hodisani va jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, shuningdek tergov jarayonini tez va sifatli amalga oshirish maqsadida viloyat ichki ishlar organlarining malakali tergovchilaridan iborat tergov guruhi tuzildi.

Fuqarolar ogohlikka chorlanmoqda

Hozirda tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchilar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga kirishilgan.

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi  platforma natijasida moddiy zarar ko‘rgan shaxslarni ushbu markazga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

Теги :
Jamiyat