Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

Har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlarga qaram bo‘lib qolmoqda — JSST

Ma’lumotlar “Maktab yoshidagi bolalarning salomatlikka bo‘lgan munosabati” mavzusidagi tadqiqot doirasida olingan.

2 daqiqa o‘qiladi

Har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlarga qaram bo‘lib qolmoqda — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko‘ra, dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari berilib ketganligi sababli psixologik muammolarga duch kelmoqda.

Tadqiqotda 280 ming bola ishtirok etgan

Hisobotda o‘smirlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning o‘sishi 2018-yildagi 7 foizdan 2022-yilda 11 foizgacha qayd etilgan. Bu esa raqamli texnologiyalarning yoshlar ruhiy salomatligiga ta’siri borasida xavotir uyg‘otmoqda.

Ma’lumotlar “Maktab yoshidagi bolalarning salomatlikka munosabati” tadqiqoti doirasida olingan bo‘lib, unda 2022-yilda Yevropa, Markaziy Osiyo va Kanadada 11, 13 va 15 yoshdagi 280 mingga yaqin bolalar va o‘smirlar ishtirok etdi.

36 foizi onlayn muloqot uchun vaqt sarflaydi

Tadqiqotning asosiy xulosalari shuni ko‘rsatadiki, 11 foiz o‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlarga tobelik belgilari kuzatiladi. Qiz bolalar orasida bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqori. O‘smirlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (36 foiz) do‘stlari bilan muntazam ravishda onlayn aloqada bo‘lishadi. O‘smirlarning taxminan 34 foizi har kuni raqamli o‘yinlarni o‘ynaydi, ularning 22 foizi kuniga to‘rt soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi.

O‘yinlarga nisbatan muammoli xatti-harakatlar o‘g‘il bolalarda koproq kuzatilgan

O‘yinlarga nisbatan muammoli xatti-harakatlar 12 foiz o‘smirlarda, ko‘pincha o‘g‘il bolalarda kuzatiladi.

Paduya universitetidan ma’ruza hammuallifi Klaudiya Marino ta’kidlashicha, o‘smirlarning raqamli o‘yinlarga bo‘lgan munosabatidagi gender farqlari hayratlanarli. O‘g‘il bolalar nafaqat har kuni o‘ynashga moyil, balki onlayn o‘yinlarga nisbatan muammoli xulq-atvorni ham ko‘proq shakllantiradi. Bu motivatsiyaning gender jihatlari va xavf omillarini hisobga olgan holda maqsadli aralashuvlar zarurligini anglatadi.