“O‘zsuvta’minot” muhim eslatma berdi
Tashkilot har oyning 10-sanasigacha oldindan to‘lov qilmaganlar kechiktirilgan har bir kun uchun penya to‘lashini ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Iste’molchilar 0,1 foizdan, 0,4%gacha penya to’laydilar.
Eslatma
“O‘zsuvta’minot” AJ muhim eslatma bilan chiqdi. Unga ko’ra, iste’molchilar ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim.
Penya to’lash tartibi
To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4 foiz, jismoniy shaxslar esa 0,1 foiz penya to‘laydi. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.



