$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Noyabr oyining pensiya puli qachon tushadi?

Pensiya

Yangi oy kirdi, fuqarolarda pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Pensiya jamg‘armasi bu savollarga javob berdi.

Vedomostlar qachon shakllantiriladi?

Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) boʻlimlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar toʻlov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli Qarori bilan, pensiya toʻlovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.

Naqd pul shaklida oluvchilarga kechroq

Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)ga borgan holda toʻlab beriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan bank plastik kartada pensiya oluvchi fuqarolarga pensiya mablag‘lari 5-noyabrgacha, naqd pul shaklida oluvchi fuqarolarga esa 27-noyabr sanasiga qadar toʻlab berilishi rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat