$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Yuqori miqdorda pensiya olish sirlari: Ish staji muhimmi yoki ish haqi?

Pensiya

Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, nafaqa miqdori ish stajiga ham ish haqiga ham bog‘liq hisoblanadi. Pensiyaga chiqish uchun ish staji yetarli bo‘lsa, lekin ish haqi kam bo‘lgan taqdirda ham pensiya miqdori yuqori chiqmasligi mumkin. Aksincha, ish haqi yuqori bo‘lib, lekin ish staji kam bo‘lsa, bu ham pensiya miqdori kam chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi qanday?

O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.

Ma’lumot uchun, pensiyani hisoblashda fuqaroning oxirgi 10 yillik mehnat faoliyatidan istalgan ketma-ket 5 yillik davrning ish haqi inobatga olinadi. Ya’ni fuqarolar ham ish stajiga, ham ish haqlariga e’tiborli bo‘lishlari kerak.

Qanday qilib pensiyani samarali rejalashtirish mumkin?

Jamg‘armaga ko‘ra, pensiyani samarali rejalashtirishning bir qator usullari mavjud.

Birinchidan, fuqarolar doimiy ish stajiga ega bo‘lish uchun rasmiy daromad keltiradigan korxona, tashkilot yoki muassasalarida mehnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi kerak.

Ikkinchidan, norasmiy ravishda mehnat faoliyati yuritayotgan fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan holda muntazam ravishda ijtimoiy soliqlarni to‘lash orqali ish stajiga ega bo‘lib borishi lozim.

Uchinchidan, pensiya qonunchiligiga oid ma’lumotlar bilan muntazam ravishda xabardor bo‘lish zarur.

To‘rtinchidan, rasmiy olayotgan ish haqiga e’tibor qaratish kerak. Bunda, pensiya yoshiga yetgunga qadar oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatidagi oylik ish haqlaridan pensiya hisoblanishini inobatga olish muhim.

Beshinchidan, fuqarolar ish beruvchilaridan o‘z ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni talab qilishlari, mehnat faoliyati yuritmayotgan fuqarolar esa Bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishlari lozim. Shunda o‘z ma’lumotlarini One-ID orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar shunday tartibda mehnat faoliyatini olib borsa, ular pensiya yoshiga yetganda, qilgan mehnati evaziga davlat tomonidan moliyaviy ta’minot kafolatlanadi.

Qo‘shimcha investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish

Bundan tashqari, fuqarolar nafaqa davrida qo‘shimcha daromad manbalarini ta’minlash uchun fuqarolar hozirdanoq investitsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganishlari ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Masalan, ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish, aksiyalar va obligatsiyalar sotib olish yoki uzoq muddatli omonat hisobvaraqlarini ochish kabi amaliyotlar shular jumlasidandir. Bunday sarmoyalar keksalikda qo‘shimcha moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda yordam beradi.

Теги :
Jamiyat