Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Xorijiy ta'lim metodikasi Buxoroda

Ta’lim sifatini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini yuksaltirish maqsadida umumta’lim maktablariga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy ta'lim metodikasi Buxoroda

Yangi o‘quv yilida 26 nafar xorijlik pedagog Buxoroda ish boshlaydi

2023-2024 o‘quv yilidagi tajriba

2023-2024 o‘quv yilida Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ingliz, nemis, fransuz va rus tili fanlaridan jami 10 nafar xorijlik o‘qituvchi faoliyat olib bordi.

Yangi o‘quv yili uchun rejalar

Yangi o‘quv yilida esa viloyat umumta’lim maktablariga 26 nafar xorijlik o‘qituvchini jalb etish ko‘zda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “ZO‘R!” (KLASS) loyihasi doirasida 6 nafar, viloyatdagi ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida 20 nafar xorijlik o‘qituvchini jalb qilish rejalashtirilgan.

Bir qism pedagoglar yetib keldi

Ayni paytda rossiyalik muallima Rima Salimgareyeva hamda slovenyalik o‘qituvchi Nastasja Skerlj Grat viloyatga yetib keldi. Yangi o‘quv yilida Rima Salimgareyeva Jondor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida, Nastasja Skerlj Grat esa Buxoro shahridagi 4-IDUMda ish boshlaydi.