$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Hindistonliklar uchun O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini endi osonroq bo‘ladi

positive

Hindistonliklar uchun O‘zbekistonda mamlakat to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoni yaratilishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yagona to‘lov interfeysi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni vazirlik rahbariyati va Hindiston Milliy to‘lov korporatsiyasi (NPCI) vakillari o‘rtasida gibrid shaklda uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tomonlar O‘zbekistonga tashrif buyurgan hindistonlik sayyohlar uchun to‘lov usuli sifatida Yagona to‘lov interfeysini (UPI) joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

“Unified Payments Interface” 

“Unified Payments Interface” (UPI) NPCI tomonidan ishlab chiqilgan Hindistondagi elektron to‘lov tizimi hisoblanadi. Bu turli bank xizmatlarini bitta ilovada birlashtirish orqali tezkor operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Xususan, foydalanuvchilar “UPI ID” identifikatori yordamida pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik harakatlari rejasini ishlab chiqishga kelishishdi.

Теги :
Жамият