$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Paxtachilikda navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinadi

positive

Paxtachilikda navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinadi. Bu haqda 19-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimotda ma’lum qilindi.

Yangicha navlar

Mamlakatda 136ta tumanda 1 mln. gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qo‘shimcha, 42ta istiqbolli va 18ta xorijiy navlar ekilgan. Qariyb 100 ming gektarda birinchi marta Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar yetishtirilmoqda.

Katta yer maydonlarida tajribalar

Yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urug‘, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashtirib ekildi. Davlat rahbari xorijdan urug‘ olib kelishda raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Sinov vaqtlarida muammo

Ko‘p fermerlar urug‘lik uchun ustamani kam to‘lashni o‘ylab, past avlodli urug‘ ekayotgani, yangi urug‘ navini sinovdan o‘tkazib, davlat reyestriga kiritishga esa 5 yil ketayotgani ta’kidlandi.

Ilg‘or tajribada birlamchi urug‘chilikni xususiy elita xo‘jaliklari amalga oshirishidan kelib chiqib, navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi.

Davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi

Unga ko‘ra, 31ta elita urug‘chilik xo‘jaligi va 6ta urug‘lik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46ta urug‘chilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13ta korxona tashkil etiladi. Yangi urug‘lar 2 yilda ekishga joriy qilinadi.

Теги :
Жамият