$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘qituvchilarga ota-onalarni paxtaga jalb qilish uchun topshiriqlar berilmoqda. Vazirlik nima deydi?

paxta

Qonunchilikda o‘qituvchilarni paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb qilish to‘xtatilgan. Biroq bir necha kunlardan beri ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda, degan xabarlar tarqalmoqda. Aytilishicha, o‘qituvchilarga ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish uchun topshiriqlar berilgan. Ushbu holat keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xato qarorning oqibatlari

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatni paxta xom-ashyosi narxi shakllanishi bilan bog‘lagan.

“Sentyabrning 18-sanasiga kelib, qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun 1 300 so‘mdan 1 600 so‘mgacha, o‘rtacha 1,500 so‘m atrofida haq to‘lanmoqda. Vodiyda arzonroq, vohada qimmatroq. Solishtirish uchun, 2022-yilda terim puli 1 500 so‘mdan 1 800 so‘mgacha miqdorni tashkil etgan. O'tgan yili birinchi terimda tavsiya etilgan to‘lov miqdori 1 500 so‘mdan iborat bo‘lgan. 
Ma’lumot uchun, 2 yil davomida jamlangan inflyatsiya 21 foizga yetgan. Shu bilan birga, paxta xom-ashyosi xarid narxi pasaygani fonida narx mundarijasida terim pulining ulushi o‘tgan 2 yilda o‘rtacha 14 foizdan 20 foizga ko‘tarilgan. 
Sentyabr maoshini olishi kechikkan o‘qituvchilar paxtaga odam topib berishi yoki ota-onalar chiqib berishi talablari bu xato qarorning oqibatlari. Fermer majburlangandan keyin navbat keyingi huquqsiz qatlam o‘qituvchiga yetadi-da. 8 yil aylana bo‘ylab yurganmidik? Boshlagan joyimizga qaytdikmi?”, deydi iqtisodchi.

Vazirlik qanday izoh beradi?

Maʼlum qilinishicha, vazirlik o‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat deb hisoblaydi.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda vazirlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aniqlangan har qanday noqonuniy holat yuzasidan huquq-tartibot organlari orqali albatta tegishli chora ko‘rilishi taʼminlanadi.

“Hurmatli pedagoglar, agar siz vakolatingizga kirmaydigan yumushlarga jalb qilinsangiz, zudlik bilan vazirlikning ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (71) 202-09-09”, – deyiladi izohda.

Теги :
Жамият