$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegram foydalanuvchilari hukumatdan soʻrov kelganini bilishi mumkin

tg

Pavel Durov 2018-yildan beri Telegram messenjeri koʻpchilik mamlakatlardagi maxfiylik siyosatiga koʻra, jinoyatchilarning IP manzillari/telefon raqamlarini rasmiylarga oshkor qila olishini ma'lum qildi. Bu haqda u 2-oktyabr kuni oʻzining Telegram sahifasida post qoldirdi.

“Bizga tegishli aloqa liniyalari orqali toʻgʻri shakllangan yuridik soʻrov kelib tushganda, biz uni tekshirib, xavfli jinoyatchilarning IP manzillarini/telefon raqamlarini oshkor qilamiz. Bu jarayon oʻtgan haftadan ancha oldin amalga oshirilgan edi”, - deyiladi xabarda.

Oshkor qilingan maʼlumotlar

Durovning soʻzlariga koʻra, @transparency boti foydalanuvchining ma'lumotlari uchun qayta ishlangan (hukumat) soʻrovlar sonini koʻrsatib beradi.

Uning ta'kdilashicha, kompaniya Braziliyada 2024-yilning 1-choragida (yanvar-mart oylari) 75 ta, 2-chorakda 63 ta va 3-chorakda 65 ta yuridik soʻrovlar boʻyicha ma'lumotlarni oshkor qilgan. Bozordagi eng yirik koʻrsatkich Hindistonda 1-chorakda 2461 ta, 2-chorakda 2151 ta va 3-chorakda 2380 ta yuridik soʻrovni qondirilgan. Shuningdek, Yevropada ham 3-chorakda qabul qilingan qonuniy soʻrovlar soni koʻpayishi kuzatilgan.

“Bu oʻsishga koʻproq Yevroittifoq ma'murlari oʻz soʻrovlari uchun EI DCA qonunida belgilangan toʻgʻri aloqa liniyasidan foydalana boshlagani sabab boʻldi. 2024-yil boshidan buyon Telegram veb-saytini koʻrgan yoki Google'da “Huquqni muhofaza qilish organlari uchun Telegram Yevropa Ittifoqi manzili”ni qidirgan har bir kishi ushbu aloqa nuqtasi haqidagi ma'lumotlarga ochiq boʻladi”, - deydi u.

Soddalashtirilgan maxfiylik xizmati

Bundan tashqari Durov chalkashlikni kamaytirish uchun messenjer oʻtgan haftada turli mamlakatlarda maxfiylik siyosatini soddalashtirgani va birlashtirganini ma'lum qildi.

“Asosiy tamoyillarimiz oʻzgarmadi. Biz har doim ular erkinlik va shaxsiy hayot qadriyatlarimizga zid boʻlmasa, tegishli mahalliy qonunlarga rioya qilishga intilamiz. Telegram faollar va oddiy odamlarni korrupsiyalashgan hukumatlar va korporatsiyalardan himoya qilish uchun yaratilgan. Biz jinoyatchilar platformamizni suiiste'mol qilishlariga yoki adolatli sudlovdan qochishlariga yoʻl qoʻymaymiz”, - deb yozadi Pavel Durov.

Durovning hibsga olinishi

Maʼlumot uchun, Pavel Durov joriy yilning 25-avgust kuni terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, Telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar bilan hibsga olingandi. Durov bilan bogʻliq voqeadan soʻng dunyoda uni har xil usullar bilan qoʻllab-quvvatlash boshlandi. 

Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi mamlakat hukumatidan Pavel Durov ishi boʻyicha tushuntirish berishni talab qilganda Parij rasmiylari bu masalada oʻzaro hamkorlik qilmagandi. Shunda koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda dunyo hamjamiyati hibsga olish masalasi Moskvaning Parij bilan munosabatlarining keskinlashuviga olib kelishi mumkinligini bildirgandi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiya Durovni kimningdir maslahati bilan hibsga olganini aytib chiqdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytdi.

5 million yevro garov evaziga ozodlik

Parij prokuraturasi Fransiya huquq-tartibot idoralari Durovni koʻplab kiberjinoyatlarda gumon qilib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida soʻroq qilayotganini ma'lum qildi. 28-avgust kuni Durov Parij sudiga olib borildi va sudya uni dastlabki soʻroq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun politsiya hibsxonasida ushlab turishni toʻxtatdi. U 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qoʻyildi.