$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Durov ishi: Garov evaziga ozodlik, xotinning “jafosi”, asosiy ayblovlar va boshqa batafsil ma’lumotlar

ozodlik

Telegram asoschisi 4 kunlik qamoqdan so‘ng, 5 million yevro garov evaziga sud zalining o‘zidan ozod qilindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Durov faqat sud zalidan ozod qilindi, Fransiyadan emas

Durovga haftada ikki marta politsiyaga kelib turish majburiyati yuklangan holda Fransiyadan chiqishi taqiqlandi. Parij prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, 39 yoshli Durovga nisbatan bir necha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayblovlar

Jinoyatlar orasida noqonuniy faoliyat olib borilayotgan platformani boshqarish, hokimiyat organlarining so‘rovlariga ko‘ra ma’lumot berishni rad etish, pul yuvishda ishtirok etish, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va firibgarlikda ishtirok etish kabi jinoyatlar mavjud.

Telegram asoschisiga qarshi tergov fevral oyida boshlangan

Hujjatga ko‘ra, Durovga qarshi dastlabki tergov Fransiya Milliy politsiyasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boshqarmasi (OFMIN) ishtirokida fevral oyidayoq boshlangan. Prokuratura ma’lum qilishicha, tergovni boshlashga Telegram platformasi tomonidan davlat organlarining so‘rovlari bir necha bor e’tiborsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan.

Durovning sobiq xotini uni sudga bergan

Telegram asoschisi Pavel Durovning sobiq xotini Irina Bolgar unga qarshi Shveysariyada jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

2023-yil mart oyida Jenevada berilgan da’voda Bolgar Durov o‘z farzandlaridan birini jismoniy zo‘ravonlik qilganini da’vo qilgan. Ko‘p o‘tmay, u o‘z farzandlarining vasiyligi uchun fuqarolik da’vosi bilan murojaat qilgan.

“Har ikki da’vo Bolgar milliarder unga oyiga 150 000 yevro (167 500 dollar) aliment to‘lashni to‘xtatganini aytganidan bir necha oy o‘tib berilgan”, – deb yozadi “Forbes”.

Avvaliga Jeneva sudi Durovga qarshi da’voni ko‘rib chiqishdan bosh tortdi, chunki u Bolgar tomonidan da’vo qilingan oxirgi jismoniy zo‘ravonlik hodisasidan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tib berilgan. Biroq, 2023-yil may oyida u apellyatsiya shikoyati berdi va o‘sha yilning oktyabr oyida sud ishni davom ettirishga ruxsat berdi.

Farzandiga zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

Bolgarning ta’kidlashicha, Durov 2017-yil sentyabrda tug‘ilgan kenja o‘g‘liga nisbatan 2021-yildan 2022-yilgacha besh marta zo‘ravonlik qilgan.

“Bu jarohatlar, jumladan, miya chayqalishi, shuningdek, uyqu muammolariga olib keldi”, – deyiladi da’voda.

Dalil sifatida unda Bolgar va Durov o‘rtasida 2021-yilning noyabr oyida Parijda almashilgan xabarlar stenogrammasi, shuningdek, bolaning tashvish va uyqu buzilishidan aziyat chekkanligini tasdiqlovchi 2023-yil apreldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan.

Aliment to‘lash to‘xtatilgan

Bolgarning ta’kidlashicha, Durov 2022-yil sentyabr oyidan boshlab farzandlari bilan uchrashmagan va o‘sha paytdan buyon farzandiga aliment to‘lamay kelgan. Shundan so‘ng, materiallarga ko‘ra, u oyiga 8 000 shveysariya franki (9 500 dollar) maoshiga bolalarni tarbiyalashga majbur bo‘lgan.

Bolgar 2023-yil may oyida Jenevada sudga murojaat qilib, unga bolalarning yagona vasiyligini berishni talab qildi, sud uning foydasiga qaror qildi va keyin uni 2024-yil fevralida tasdiqladi. Durov, protsessda qatnashmagan va advokat yollamagan. Bu borada Durovning vakili ham izoh berishdan bosh tortdi.

Bolgarning advokati jinoiy ish bo‘yicha izoh bermadi

Bolgarning advokati u va uning uch farzandi fuqarolik protsessida ishtirok etayotganini tasdiqladi, biroq jinoiy ish bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

“Durov Bolgar bolalarining vasiylik huquqini topshirishga qarshi chiqmadi”, – dedi uning vakili.

“Forbes” so‘roviga ko‘ra, Bolgar bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarining fotonusxalari, Durovning otaligini tasdiqlovchi guvohnomalar, ushbu hujjatlarning fransuz va ingliz tillariga notarial tasdiqlangan tarjimalari skanerlari, shuningdek, o‘rtancha o‘g‘li Danielning tug‘ilgan kunidan o‘z uyida olingan oilaviy suratni yuborgan. “Forbes” Bolgar bilan bog‘langan Jeneva tarjimonidan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lgan.