$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Isroilga raketa hujumlarida aviakompaniyalar qanday yo‘l tutmoqda?

positive

Toshkent xalqaro aeroportida Eron havo hududi orqali amalga oshirilayotgan parvozlarning kechikishi kuzatildi. Bunga Isroilga nisbatan raketa hujumlari sabab bo‘lib, uning natijasida Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlar orqali parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Majburiy kechiktirishlar

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 1-oktyabr kuni Tel-Aviv-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan HY304 reysi majburiy kechiktirilgani haqida xabar berdi.

O‘zbekistonning turli shaharlaridan Jiddaga parvozlarni amalga oshiruvchi “Air Samarkand” xususiy aviakompaniyasi ham kechikishlarga duch keldi. Parvoz yo‘nalishlari uzoqroq bo‘lgani uchun parvoz vaqti ortadi, deya ogohlantirdi kompaniya.

Bekor qilingan parvozlar

Bundan tashqari, Saudiyaning “Flynas” aviakompaniyasining Toshkentdan va Namangandan Jiddaga, Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasining Toshkentdan Tehronga parvozlari bekor qilindi.

Aviakompaniyalar qanday yo‘l tutmoqda?

“Uzbekistan Airways”da Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli Tel-Avivdan Toshkentga parvoz kechiktirilgan. Biroq Isroilga va ortga qaytish parvozlari jadvaliga o‘zgartirish kiritilmagan. 

“Flightradar24” ma’lumotlariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Tel-Aviv-Samarqand (HY 304) yo‘nalishi bo‘yicha reysi Eron havo hududini Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon orqali aylanib o‘tgan.

Bundan tashqari Bugun, 2-oktyabr kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining (HY341) reysi Eron havo hududini chetlab o‘tib, Toshkentdan Sharm-el-Sheyxga yo‘l oldi. Yangi yo‘nalish sezilarli darajada uzoqroq bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat