$
 11963.23
50.85
 13970.66
97.5
 155.35
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

"Milliy tiklanish" partiyasining aʼzolari soni eng kam. Bunga sabab nima?

Milliy tiklanish

Yaqinda partiyalar aʼzolari soni boʻyicha statistik maʼlumotlar eʼlon qilingan edi.

Unda tashkil etilganiga 5 yil boʻlgan Ekologik partiya 2-oʻringa koʻtarilgan, "Milliy tiklanish" esa eng oxirgi oʻrinda edi.

Statistika

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra,

1. O‘zLiDeP — 1 million 330 ming 364 nafar;

2. Ekopartiya — 622 ming 413 nafar;

3. “Adolat” SDP — 592 ming 517 nafar;

4. XDP — 583 ming 141 nafar;

5. “Milliy tiklanish” DP — 392 ming 425 nafar.

Bugun Alisher Qodirov partiya aʼzolari soni nega bunchalik kamligi yuzasidan maʼlumot berdi.

Birinchi sabab

E’lon qilingan statistik ma’lumotlarda partiya a’zolari soni kam koʻrinayotganligi bevosita partiya Markaziy kengashida qabul qilingan ikkita qaror bilan bogʻliq:

Birinchi, 2019-yilda boshlangan, barcha partiyalar a’zolarini yagona elektron platformaga qayd etadigan tizim joriy etilgach, a’zolarimizni tahlil qilib olish imkoniyati yuzaga keldi. Yangi a’zolarda masala yoʻq, lekin avvalgi a’zolar platformaga shoshilmasdan, tahlil qilib kiritilmoqda. 

“Oʻzi bilmasdan a’zo boʻlib qolgan” a’zolarni platformaga qayta kiritmoqchi emasmiz.

Partiyaga a’zolik masalasida qarashimiz qat’iy: safimizda gʻoyalarimizga xayrixoh va ularni amalga oshishiga hissa qoʻshish niyati boʻlganlar boʻlishi kerak;

Ikkinchi sabab

Birinchi masala ikkinchisiga sabab boʻldi. A’zolikni asl maqsadini unutib, statistikaga moslashib qolgan tuman partiya tashkilotlarining ish falsafasi qayta koʻrib chiqildi.

Koʻp badal – koʻp ish haqi

Tuman boʻlinmalariga ish haqi va saqlash harajatlari uchun ajratilayotgan mablagʻlarni partiyaning yuqori boʻgʻimlarida kamayib ketgan ish haqini oshirish va eskirib ketgan moddiy-texnik bazani yangilash uchun yoʻnaltirishga qaror qilindi. Tuman bölinmalarimizda esa ish haqi a’zolik badalining miqdoriga bogʻlandi, ya’ni, koʻp badal - koʻp ish haqi. 

Soxta a’zo badal toʻlamaydi-ku, toʻgʻrimi?! Partiyaning xayrixoh a’zosi esa maoshidan 5-6 ming soʻm a’zolik badalidan qochmaydi. 

Xarajatga nisbatan samara koʻrsatkichi 5 foizga ham bormaydigan tuman partiya tashkilotiga raislik qilayotgan xodim har oyda 1,5 million soʻmga rozi boʻlib oʻtirganidan koʻra, tumanida 2 ming faol a’zosi boʻlsa 6 million soʻmgacha maosh olishi mumkin. 

"Bu ishga munosabatni ham, manfaatdorlik va yakuniy natijadorlikni ham jiddiy oʻzgartiradi, deb umid qilayapmiz",- deydi Alisher Qodirov.

Теги :
Jamiyat