$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Doʻstlik bogʻi hududini noqonuniy egallab olgan qurilish kompaniyasi 10 million soʻm jarimaga tortildi

v 6 21

“Vinera Tower” MChJ Doʻstlik bogʻi hududidan 606 metr kv yer maydonni noqonuniy egallab olgan boʻlib unga nisbatan BHMning 30 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Kadastr agentligi munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida joylashgan Doʻstlik bogʻi hududining noqonuniy tarzda egallab olingani haqidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

2451 kv metr yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingan

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Doʻstlik bogʻiga (sobiq Bobur) tutash hududda «Vinera Tower» MChJ nomiga 5273 metr kv yer maydoni mulk huquqi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Ammo MChJ tomonidan oʻziga tegishli 5273 metr kv yer maydonidan tashqari 2451 metr kv yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, toʻsiq bilan oʻrab qoʻyilgan.

Bogʻ hududida kotlovan qazilgan

Shuningdek, MChJ tomonidan oʻzboshimchalik bilan oʻrab olingan 2451 metr kv yer uchastkasining 606 metr kv yer maydoni Doʻstlik bogʻi hududidan egallab olinib, ayrim qismida kotlovan qazilgani aniqlangan.

"Ushbu holat yuzasidan “Vinera Tower” MChJ rahbariga nisbatan MJtKning 266-modda 1-qismiga muvofiq Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga berilgan vakolatga asoslanib, MJtKning 60-moddasida belgilab oʻtilgan ma'muriy javobgarlik holati boʻyicha ta'sir choralari qoʻllandi", - deyiladi agentlik rasmiy munosabatida.

Ma'lumot uchun, belgilangan jarima BHMning 30 baravari yoki 10 million 200 ming soʻmni tashkil etadi.

Jamoatchilik munosabati

Jurnalist Qobil Xidirov ta'kidlashicha, butun boshli xalq mulkini istalgancha talon-toroj qilayotganlarga jazo choralari keskin boʻlishi kerak.

"Xalqqa tegishli boʻlgan bogʻning salkam 25 sotixini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, u erda qurilish qilayotgan firmaga bor-yoʻgʻi ma'muriy, ya'ni jarima jazosi belgilanishini shunchaki qabul qilib boʻlmaydi. Butun boshli xalq mulkini istalgancha talon-toroj qilayotganlarga jazo choralari keskin boʻlishi va eng asosiysi noqonuniy egallab olingan erlar xalqning oʻziga, ya'ni bogʻ hududiga qaytarib berilishi lozim", -deya yozdi jurnalist.

Soʻnggi vaqtlarda bogʻ hududining ayrim qismlari sotilib ketgan, bu yerlarda allaqachon binolar ham qurib boʻlingan. Parklar xususiy qoʻllarga oʻtgani ma'lum boʻlgach, koʻplab faollar bunga qarshi ekanini bildirgan edi.