Parij olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari qancha pul mukofoti oladi?
Abdulla Aripov o‘z nutqida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida xabar berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov o‘z nutqida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida xabar berdi.
Parij-2024’ga tantanali kuzatish marosimi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Pul mukofoti o‘zgarishsiz qoladigan bo‘ldi
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘z nutqida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Tokio-2020 Olimpiadasidagi mukofot pullari amalda o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi.
Birinchi o‘ringa 200 000 dollar
Ya’ni, Olimpiada chempionlari 200 000 AQSh dollari, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medal sovrindorlari esa 50 000 dollarga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan hamyurtlarimizga pul mokofotidan tashqari Tahoe avtomobili hamda 4 sotixli, 3 xonali hovli sovg‘a qilingan edi. Bronza medaliga ega chiqqanlarga esa Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy berilgan.



