$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi: O‘zbekiston terma jamoasi 26 ta medalni qo‘lga kiritdi

Paralimpiyada

28-avgustdan 8-sentyabrga qadar Parij shahri mezbonligida o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida dunyoning 182 davlatidan jami 4400 nafar atletlar 549 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi. Ular orasida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etib, tarixiy natijaga erishdi.

Reytinglardagi pog‘onalar

O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza — jami 26 ta medal bilan Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston singari 10 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 12-o‘rini qo‘lga kiritdi. Germaniya esa 10 ta oltin, 14 ta kumush, 25 ta bronza medali bilan 11-pog‘onani band etdi. E’tiborga molik jihati shundaki, bir muddat avval Parij Olimpiadasida ham sportchilarimiz 13-pog‘onadan joy olishgan edi. Paralimpiyachilarimiz ham bu borada jahonning 13-terma jamoasi bo‘lishdi. O‘zbekiston Parij-2024 paralimpiya o‘yinlarida Osiyo davlatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida Ukrainadan keyin ikkinchi, Turkiy hamda musulmon davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egalladi.  

Umumiy reyting natijalari

Medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasiga yaqin yo‘laydigan davlat topilmadi. Chin yurti vakillari 94 ta oltin, 76 ta kumush, 50 ta bronza, jami 220 ta medal bilan ro‘yxatda katta ustunlik bilan 1-o‘rinni egallashdi. Buyuk Britaniya paralimpiyachilari 49 ta oltin, 44 ta kumush, 31 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallashgan bo‘lsa, AQSH sportchilari 36 ta oltin, 42 ta kumush, 27 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. Niderlandiya delegatsiyasi 27 ta oltin, 17 ta kumush, 12 ta bronza medali to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi. Bizdan avvalgi o‘rinlarni Kanada, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Fransiya, Ukraina, Italiya va Braziliya terma jamoalari band etdi. Jami 67 davlat delegatsiyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bo‘ldi. Kamida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan davlatlar soni 85 tani tashkil etdi. Navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028-yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.

Теги :
Jamiyat