O‘zbekiston 10 talikdan chiqib ketgan kun: Paralimpiyaning 8-kuni qanday o‘tdi?
4-sentyabr kuni Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi ishtirok etdi. Sportchilarimiz qayd etgan natija va bugungi kunga atalgan dastur bilan tanishing.
2 daqiqa o‘qiladi

4-sentyabr kuni Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi ishtirok etdi. Sportchilarimiz qayd etgan natija va bugungi kunga atalgan dastur bilan tanishing.
Server Ibragimov delegatsiya hisobiga 15-medalni qo‘shdi
Paralimpiada bahslarining para o‘q otish turida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Server Ibragimov kumush medalga sazovor bo‘ldi. 50 metrga to‘pponchadan otish dasturida Ibragimov 215,3 ochko jamg‘argan. Mazkur dasturda oltin medal xitoylik Chao Yangga, bronza medal esa italiyalik David Frankechettiga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Ibragimov Parij-2024da ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik eng yoshi katta sportchi hisoblanadi.
9-kun dasturi
Paralimpiya o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Hozirga kelib, o‘zbekistonlik para atletlar 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 bronza medali jamg‘ardi va medallar jadvalida 12-o‘ringa tushib ketdi. Bugun Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi ishtirok etadi.
Terma jamoamiz a’zolarining chiqishlari:
Para yengil atletika
13:00. Dilafruzxon Axmadxonova, F35, yadro uloqtirish
13:17. Mohigul Hamdamova, F57, yadro uloqtirish
13:49. Asila Mirzayorova, T11, 200 m yugurish
23:42. Xusniddin Norbekov, F35, yadro uloqtirish
Para dzyudo
13:00. Uljon Amriyeva, J1, -57 kg
13:00. Sherzod Namozov, J2, -60 kg
Para suzish
13:51. Firdavsbek Musabekov, S13, 100 m chalqancha
Para paverlifting
15:00. Aqidaxon Axtamova, -50 kg
20:00. Durdona To‘rayeva -55 kg.



