$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Bojxona omborlarida muomalaga chiqarilmagan 6,3 mln. dollarlik quyosh panellari va invertorlar saqlanmoqda

positive

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Raisi huzurida bo‘lib o‘tgan xizmat yig‘ilishda ma'lum qilingan.

Quyosh panellaridan foydalanayotgan korxonalar

Tahlillarga ko‘ra, hozirga qadar respublikadagi 74 mingdan ziyod obyektga 695 MVt quyosh panellari o‘rnatilgan.

So‘nggi bir oyning o‘zida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi 134 ta korxonaga 25 MVt quyosh panellari o‘rnatilib, bu borada samaradorlik 2 barobarga oshdi. Shunday qilib, uyushma tarkibidagi 412 ta korxona “yashil energiya”dan foydalanmoqda.

Foydalanilmayotgan panel va invertorlar

Hozirda bojxona omborlarida chetdan keltirilgan 6,3 mln. dollarga teng quyosh panellari va invertorlar saqlanmoqda. Shu boisdan yig‘ilishda bojxona omborlarida saqlanayotgan quyosh panellari va invertorlarni erkin muomalaga chiqarishni jadallashtirish orqali quyosh panellarini o‘rnatishga doir ko‘rsatkichlarni yanada oshirish mumkinligi qayd etildi.

Bundan tashqari “Yashil energiya” platformasini takomillashtirish va ishchi holatdagi quyosh panellariga doir ma’lumotlarning tizimda onlayn aks etib borishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Теги :
Jamiyat