“Oy” yili: Bir haftadan keyin “ikkinchi Oy” paydo bo‘lishi kutilmoqda
U Yer atrofida 2 oycha aylanib, ikkinchi tabiiy yo‘ldoshga aylanishi mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Astronomlar Yerga 2024 PT5 asteroidi yaqinlashayotganini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot The Research Notes of the AAS jurnalida e’lon qilindi.
Asteroid ikkinchi tabiiy yo‘ldoshga aylanadi
Asteroid sayyoramiz atrofida 29-sentyabrdan 26-noyabrgacha aylanib, o‘ziga xos “kichik Oy” yoki ikkinchi tabiiy yo‘ldoshga aylanadi.
Maqola mualliflaridan biri Karlos de la Fuente Markos tushuntirishicha, fazoviy jism Yerga (4,5 mln. kilometrgacha) yaqin masofaga kelsa va 3 540 km/soat atrofidagi sekin tezlikka ega bo‘lsa shunday hodisa yuz beradi.
Bunday sharoitda fazoviy ob’yektning geotsentrik energiyasi manfiyga aylanib, vaqtincha Yerga bog‘lanib qoladi.
“Super oy”
Bundan oldin mutaxassislar 2024-yil eng ajoyib astronomik hodisalardan biri ro‘y berishi haqida ma’lum qilishgan edi. Unga ko‘ra, bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi ro‘y berishi kutilgan, ammo birinchi super Oy o‘zgacha bo‘lishi ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, birinchi super Oy hodisasi 19-avgust sanasida bo‘lib o‘tdi va uning rasmi ijtimoiy tarmoqlarda tarqadi.



