$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Abbosbek Fayzullayev, Akram Afif, Son Hyon Min: Osiyo futbolida yilning eng yaxshilari aniqlandi

OFK

29-oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan 2023-yilgi yirik musobaqalar, xususan, “Osiyo Kubogi—2023” va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.

Qatar's Akram Afif, Japan's Kiko Seike win AFC Player of the Year awards |  Football News | Al Jazeera

Yilning eng yaxshi futbolchisi

OFK tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida tadbirning asosiy sovrini – yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Qatar milliy jamoasi hamda “As-Sadd” klubi vingeri Akram Afifga topshirildi. U yil boshida o‘z mamlakatida o‘tgan Osiyo kubogida milliy jamoasi bilan zafar quchib, qit’ada tengsiz bo‘lgandi. Afif Osiyo Kubogi-2023 da 7 o‘yinda 8 ta gol va 3 ta assist qayd etgandi. Shuningdek, JCH-2026 saralashida 8 uchrashuvda 3 ta golga mualliflik qildi. Bu mavsumda esa klubi safida Qatar chempionatida 8 o‘yinda 3 ta gol qayd etgan bo‘lsa, OCHLda 3 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilgan. Afif “Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasida Janubiy Koreya milliy jamoasi a’zosi Sol Yong Vu va Iordaniya milliy jamoasi forvardi Yazdon An-Naymatni ortda qoldirishga erishdi.

Abbos Fayzullayev Osiyo Kubogi 2-turi ramziy jamoasiga kiritildi (foto)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Fayzullayevdan tashqari yana ikki futbolchi yaponiyalik Gaku Navata va janubiy koreyalik Bae Jun-ho sovringa da’vogarlik qildi. Abbosbek Fayzullayev 2003-yilning 3-oktyabr sanasida tug‘ilgan. Ayni paytda Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 6 million yevro narx belgilagan. Fayzullayev yakunlanayotgan mavsum Rossiya chempionati va kubogida 13 ta o‘yin o‘tkazdi. Mazkur o‘yinlarda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi shu vaqtga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

AFC Annual Awards | the-AFC.com

Barcha nominatsiyalar g'oliblari

OFK tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida yana bir qator nominatsiyalarda g‘olib nomi e’lon qilindi:

  • CAFA — “Yilning eng yaxshi mintaqaviy futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.
  • “Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi” — Park Youn-Jeong (Koreya Respublikasi)
  • “Yilning eng yaxshi murabbiysi” — Go Oiva (Yaponiya U23 bosh murabbiyi)
  • “Yilning eng yaxshi futzalchisi” — Said Ahmad Abbosi (Eron)
  •  “Yilning eng yaxshi xalqaro ayol futbolchisi” — Elliye Karpenter (Avstraliya)
  •  “Yilning eng yaxshi xalqaro futbolchisi” — Son Hyon Min (Koreya Respublikasi)
  •  “Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi” — Chae Un Yong (KXDR)
  •  “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” — Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston)
  •  “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” — Kiko Seike (Yaponiya)
  •  “Yilning eng yaxshi futbolchisi” — Akram Afif (Qatar).
Теги :
Jamiyat