$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Qaysi banklarda so‘mdagi eng yuqori daromadli omonatlar mavjud?

positive

Milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlarni banklarda olti oydan uch yilgacha saqlanadi.

Mobil ilovasi orqali omonat ochish

Bankning mobil ilovasi orqali omonat ochishda foiz stavkasi 1−2% yuqori bo‘ladi. Ba’zi banklar onlayn va oflayn depozitlar uchun bir xil stavkalarga ega.

Ma‘lumotlar olinganda eng yuqori stavka (27%) “TBC Bank” 24 oyga, “Anorbank” 25 oyga, (26,50%) “Davrbank” 25 oyga va (26,09%) “Ipotekabank” 3 oyga joylashtirishni bilan taklif qilgan.

Omonatning minimal summasi

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln. so‘mni tashkil qiladi.

Yuqori stavkali 7 bank

TBC Bank 27%, minimal summa 100 ming so‘m, 24 oyga onlayn rasmiylashtirish;

Anorbank 27%, minimal summa 1 mln. so‘m, 25 oyga onlayn rasmiylashtirish;

Davrbank 26,50%, minimal summa 100 ming so‘m, 25 oyga onlayn va oflayn;

Ipotekabank 25%, minimal summa 100 ming so‘m, 6 oyga onlayn va oflayn;

Universalbank 25%, minimal summa 100 ming so‘m, 18 oyga onlayn va oflayn;

Poytaxtbank 25%, minimal summa 1 mln. so‘m, 24 oyga oflayn;

Ipak yo‘li bank 25%, minimal summa 1 mln. so‘m, 24 oyga onlayn va oflayn;

Aktual va yanada aniq ma‘lumotlarni olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.

Теги :
Jamiyat