$
 12509.83
-79.52
 14520.16
-136.36
 156.55
-1.09
weather
+26
Кечаси   +14°

Bankka qo‘yilgan omonatlar uchun ham soliq toʻlanadimi?

positive

Bugun bankka omonat qoʻyish ancha ommalashgan. Bu nafaqat tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ham ishonchli usulidir. Siz bankka maʼlum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, bankka qoʻyilgan omonatlar uchun ham soliq toʻlanadimi? “Adolat”milliy huquqiy axborot markazi mutaxassisi Ahmad Odilov bu haqda maʼlumot berdi.

Jismoniy shaxslarning daromadlariga nimalar kiradi?

Avvalambor jismoniy shaxslarning daromadlariga nimalar kirishini aniqlashtirish lozim. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga quyidagilar hisoblanadi:

Mehnatga haq to‘lash shaklida olingan daromad;

Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad;

Omonatdan olingan foizlar.

Omonat – mulkiy daromad

Bundan ko‘rinib turibdiki, omonatdan olingan foizlar jismoniy shaxslar uchun mulkiy daromad hisoblanadi. Xo‘sh bu kabi daromad uchun qanday soliq turi mavjud?

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliq solinmaydigan daromadlar nazarda tutilgan. Banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar va yutuqlar soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Bundan tashqari mazkur kodeksining 244-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb kabi xizmatlar ham soliq solishdan ozod etiladi.

Теги :
Jamiyat