Oltin quyma va tangalari narxi yana “osmonda“
Bir gramm oltin quyma uchun 1 mln. 82 ming 400 so‘m, besh grammlik uchun 5 mln. 412 ming so‘m taklif qilinmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

16-sentyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Oltin narxi
Bir gramm oltin tannarxi 1 mln. 97 ming 200 so‘mga yetdi yoki o‘tgan jumaga nisbatan 1,35%ga qimmatladi. Besh grammlik o‘lchagich 5 mln. 486 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.
Oltin quymalari narxi
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln. 486 ming so‘m;
10 gramm oltin quyma narxi 10 mln. 971 ming som;
20 gramm oltin quyma narxi 21 mln. 942 ming so‘m;
50 gramm oltin quyma narxi 54 mln. 855 ming so‘mni tashkil qiladi.
Qimmatbaho metalning narxi sentabr oyi boshidan buyon uchinchi marta yangi cho‘qqiga chiqdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon 29,4%ga o‘sdi.
Global narx
Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2590ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2585,9ni tashkil qilgan.
Bundan avvalroq O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining rekord ko‘rsatkichga - 39,15 mlrd. dollarga yetganligi haqida xabar bergan edik.



