$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oltin quymalar narxida yangi rekord: Bir gramm oltin 1 million 148 ming so‘mga baholanmoqda

oltin

O‘zbekistonda 18-oktyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi rekord darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin hozirda 1 million 148 ming 740 so‘mga baholanmoqda. Besh grammlik oltin quymaning narxi 5 million 744 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Oldingi narx rekordi uch hafta oldin qayd etilgandi. Oltin quymalar narxi ketma-ket besh kun ko‘tarilgandi. So‘ng qimmatbaho metall narxi bir muncha pastladi. Yil boshidan beri oltin narxi 35,5 foizga oshdi.

Bunga sabab nima?

Ayni paytda oltin narxi bir troya unsiyasi 2670 dollarga yaqinlashmoqda. Ekspertlarning fikricha, global noaniqlik fonida himoya aktivi sifatida oltinga qiziqish ortib bormoqda. UBS Group prognoziga ko‘ra, bozordagi o‘zgaruvchanlik AQSH saylovlari tugaguniga qadar va yangi ma’muriyat tasdiqlanmaguncha davom etadi.

Теги :
Iqtisodiyot