$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

OKMKda mahsulot eksporti 5,4 foizga qisqardi

OKMK

Joriy yilning 9 oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida barcha belgilangan prognozlar bajarilgan.

Belgilangan prognozlar bajarilgan

Xususan, xorijiy iste’molchilarga 9 oy davomida 42 222 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 147,1 foizga bajarildi. Shuningdek, xorijga 21554 tonna rux mahsulotlari jo‘natilgan.

Bundan tashqari, 9069 tonna mis kuporosi eksporti amalga oshirilib, prognoz 151,2 foizga bajarilganini alohida qayd etish lozim.

Reniy, kadmiy, palladiy kukuni, kabi mahsulotlarning eksportida belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Molibden mahsulotlari hamda qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida ham yuqori natijalar kuzatilgan. 9 oyda 580 tonna molibden mahsulotlari(prognoz 107,4 foiz), 12 289 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati(prognoz 108,8 foiz) eksport qilingan.

Eksportning kamayishi

2024-yil yanvar – sentabr oylari davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 486,1 mln. dollarlik mahsulotni eksport qildi. Korxona ma’lumotiga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga kamaygan.

Korxona statistik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili xorijga 56,9 ming tonna mis mahsulotlari, 41,6 ming tonna rux mahsulotlari sotilgan. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar yuqoriroq bo‘lgan – mos ravishda 75,2 ming va 58,7 ming tonna.

Kamayishga nima sabab bo‘lyapti?

Aksiyadorlik jamiyati vakili, pasayishning asosiy sababi O‘zbekiston ichida mahsulot iste’moli ortgani bilan izohlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tendensiya nafaqat mis sotuvi, balki rux sotuviga ham tegishli.

19 ta davlatga mahsulot ekporti

Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda yangi eksport bozorlari o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

Zavod mahsulotlarining asosiy bozorlari Turkiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Hindiston, Niderlandiya hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat