$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

positive


Agentlik tomonidan Qozog‘istonning turli hududlaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raldi.

Ishonchsiz yo’lni tanlamang!

Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanish tavsiya etildi.

“Eslatib o‘tamiz, uyda sizni oilangiz kutmoqda”, deyiladi murojaatda.

Yaqin vaqtlardagi hodisalar

Avvalroq Qozog‘istonning Chimkent viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

“Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Жамият