O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
1 daqiqa o‘qiladi

“Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib, o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz”, deyiladi murojaatda.
Xabarlarni kuzatib borish va ogohlik
Fuqarolar Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishga chaqirildi. Shuningdek, Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga o‘rnatib olish so‘raldi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi esa fuqarolarini Livan va Isroilga bormaslikka chaqirdi. Yahudiy davlati 23-sentyabr kuni Livanda operatsiya boshladi. Ko‘plab qishloqlar va bir qator aholi punktlari kuchli zarbalar ostida qoldi, 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Murojaat
“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, deyiladi murojaatda.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397
https://t.me/uzelchixonaisroil/3306



