Qozog‘istonda qor, navbat O‘zbekistongami?
Sinoptiklar 14-15-oktyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishini prognoz qilmoqda. Qozog‘istondagi qor ortidagi muammolar qanday bo'ldi?
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning poytaxti va ko‘plab hududlarida ikki kun davomida birinchi qor yog‘di. O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham 14-15-oktyabr kunlari kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Qozog‘iston qishga tayyormasmidi?
Birinchi qor Qozog‘iston avtoyo‘llarida muammolar tug‘dirishni boshladi. Xususan, poytaxt Ostonada bir kunda 120 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, 12 kishi jarohatlangan.
Shuningdek, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yo‘llar muzlab, haydovchilar mushkul vaziyatlarga tushib qolishmoqda. Chelyabinsk–Novosibirsk trassasining 418-kilometrida bir yo‘la to‘rtta fura yo‘l muzlashi tufayli harakatlana olmay qolgan, shu yo‘lning 619-kilometrida esa 74 yoshli erkak yengil mashinasi bilan yo‘ldan chiqib ketgan.
Qolaversa, Jezqazg‘an–Petropavlovsk yo‘lining turli qismlarida qor va muz sababli bugunning o‘zida uchta jiddiy YTH sodir bo‘lgan.
O‘zbekistondagi kutilayotgan yog‘ingarchilik
Shuningdek, O‘zgidromet 14-16-oktaybr kunlariga ob-havo prognozini taqdim qildi. Unga ko‘ra, ikki kun davomida respublikaning ko‘plab huquqlarida kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda, ayrim hududlarda esa qor.
14-16-oktyabrga ob-havo prognozi:
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15°, 16 oktabrda 12-17° bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 oktabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktabrda 5-10°, 15-16 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 13-18°; 16 oktabrda 15-20°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15° iliq, 16 oktabrda 12-17° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqanda viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 13-18°; 16 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-15°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarida
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14-15 oktabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktabrda kechasi va kunduzi 5-10°, 15 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.



