$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Astraxanda yadroviy ballistik raketalar sinovi: Dunyoda yadro urushini boshlayaptimi?!

t 4 12

Ijtimoiy tarmoqlarda Gruziya, Isroil, Eron, Iroq, Ozarbayjon va O‘zbekiston hududida ham odamlar osmonda g‘alati yorug‘likni ko‘rgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

“Muvaffaqiyatli yakunlandi”

— Astraxan oblastidagi Kapustin Yar poligonidan qit’alararo ballistik raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, — deya bayonot berdi bugun Rossiya Mudofaa vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday raketalar termoyadroviy qurollar uchun mo‘ljallangan.

Bir vaqtda bir necha hududlarda

Tbilisi aholisi tomonidan “ЧС. Грузия” tahririyatiga g‘alati obyektning fotosuratlari yuborilgan. Suratlar Varketili hududida olingan. Shuningdek, yurtimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham osmonda g‘ayritabiiy yorug‘lik taratib uchgan jismni tasvirga olgan guvohlar bor.

Bu nimaning belgisi?

So‘nggi voqealar fonida bu ijobiy signal emas. Ikki yildan ortiq urushda bo‘lgan Rossiya Yaqin Sharq hududidagi mojarolar hamda Isroil—Eron munosabatlaridagi “qizil chiroq”dan unumli foydalanishga harakat qilishi mumkin.

Yadro urushi xavfi bormi?

Agar Rossiya tomonidan termoyadroviy qurol ishlatilsa, bu rasman Uchinchi Jahon urushi uchun start hushtagi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvning istalgan bir davlat tomonidan buzilishi ayni shu vazifani bajarishi mumkin.