$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Notcoin sotgan yana bir 19 yoshli yigit qamaldi

not

Toshkentda Notcoinni noqonuniy sotgan 19 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

8539 “NOT” 

Ma’lum bo’lishicha, joriy yilning 20-iyun kuni Toshkent shahar IIBB ATSJQKB xodimlari tomonidan “TON” platformasi tekshirilgan. Natijada 2005-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan M.A. ismli shaxs joriy yilning 1-iyun sanasidan 7-iyunga qadar Telegramda “Ton spase Notcoin” bo‘limi orqali hech qanday tegishli hujjatlarsiz ikki marotaba umumiy 8539 “NOT” miqdoridagi kriptovalyutani sotib olish, o‘zga shaxsga o‘tkazishni amalga oshirganligi aniqlangan.

Litsenziyasiz

Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida ushbu fuqaro M.A. ga hech qanday litsenziya berilmagani aniqlangan.

7 sutka qamoq va musodara

Mazkur holat joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-4-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish)ning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida undan olingan iPhone 13 Pro Max rusumli uyali telefonining xotirasida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlar tegishli tartibda o‘chirilgan hamda majburiy ijro organi tomonidan davlat foydasiga musodara qilinishi ma’lum qilingan.

Qonuniy savdo qilish imkonsiz

Avvalroq, O‘zbekistonda litsenziya bilan faoliyat yuritayotgan kriptobirjalarning birontasining savdo savatida notkoin mavjud emasligi haqida xabar bergan edik. Ya’ni mamlakatda bu kriptoaktiv bilan qonuniy savdo qilish hozircha imkonsiz.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 14-maydan 13-iyungacha bo‘lgan oraliqda O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.