$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tadbirkor” amaldorlar: ular qonundan bexabarmi?

hokim

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Holatga chek qo‘yildi

Bildirilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan. Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yilgan.

Qonunda nima deyilgan?

Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar aniq qilib yozilgan. Ushbu moddaga asosan mansabdor shaxsning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqning namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmasligi belgilangan.

Теги :
Жамият