O‘zbekistonda qizlar asosan necha yoshda turmush quryapti?
2024-yilning yanvar—noyabr oylarida, respublika bo‘yicha 246 979 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasida nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Qancha nikoh qayd etildi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar—noyabr oylarida, respublika bo‘yicha 246 979 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Ayollarning yosh guruhlari
Qayd etilgan nikohlarni ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda:
- 20 yoshgacha — 37,5 foiz;
- 20 — 30 yoshgacha — 54,0 foiz;
- 31 — 40 yosh — 6,6 foiz;
- 41 yosh va kattalar — 1,9 foiz.
O‘rtacha yosh — 24
Eslatib o‘tamiz,o‘tgan yilning 3-choragida respublika bo‘ylab 179 425 ta nikoh qayd etildi. O‘rtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil qildi.
30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlari — 149 814 ta (Samarqand viloyatida eng ko‘p qayd etilgan).
50 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar — 998 ta (Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan).



