$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘rtacha 24 yoshni tashkil qilmoqda

nikoh oila turmush

Joriy yilning 3-choragida respublika bo‘ylab 179 425 ta nikoh qayd etildi. O‘rtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil qildi. Nikohlarning 35 foizida ayol erining familiyasiga o‘tgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

  • 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlari — 149 814 ta (Samarqand viloyatida eng ko‘p qayd etilgan). 
  • 50 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar — 998 ta (Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan). 

Qancha egizak tug‘ildi?

Shuningdek, joriy yilning iyul—sentyabr oylarida respublika bo‘ylab 17 106 ta egizak tug‘ildi. Eng ko‘p egizaklar Farg‘ona (2 063) va Samarqand (1 980) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng kam tug‘ilish Sirdaryoda (391) qayd etilgan.

  • 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan onalar — 104 509 nafar;
  • 40 yoshdan keyin — 4 497 nafar onalar;
  • 45 yoshdan keyin — 58 nafar onalar;
  • 50 yoshdan keyin — 15 nafar onalar.
Теги :
Жамият