$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi tug‘ma ojizlar ham ko‘rishi mumkin

Neuralink

Neuralink kompaniyasining yangi Blindsight implanti bilan endi ko‘zi tug‘ma ojiz odamlar ham ko‘rishi mumkin. Bu haqda Ilon Mask o‘zining X tarmog‘ida xabar berdi.

Boshlanishiga sifati past tasvir bilan qanoatlanishga to‘g‘ri keladi

Maskning ta’kidlashicha, agar miyaning ko‘rish po‘stlog‘i shikastlanmagan bo‘lsa, qurilma tug‘ma ko‘zi ojizlarga ham ko‘rish imkonini beradi.

Yangi qurilma foydalanuvchisi boshlanishiga sifati past tasvir bilan qanoatlanishiga to‘g‘ri keladi, biroq kelgusida Blindsight yordamida ultrabinafsha va infraqizil spektrlarda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi ishlanmani ilg‘or yechim sifatida tasdiqladi, deyiladi Neuralink bayonotida.

Neuralink implanti o‘rnatilgan ilk inson til o‘rganmoqda

Bungacha Neuralink implanti o‘rnatilgan ilk inson Nolan Arbo miyasidagi chip vositasida yapon va fransuz tillarini o‘rganishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi. Arbo implant juda qisqa vaqt ichida hayotini ancha yaxshilaganini aytgan.

Mask oldingi bayonotlaridan birida kelgusida millionlab odamlarning miyasiga chiplar o‘rnatmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

Теги :
Жамият