$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 27-iyul voqealari

27 7

 “Qamchiq”da yuk mashinasi to‘rt avtomobil bilan to‘qnashdi va yonib ketdi

2024-yil 27-iyul kuni soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan A.K. “CAMC” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Isuzu” hamda “Howo” rusumli yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib "Mercedes-Benz Sprinter" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTH natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo‘shko‘pirdagi bolalar bog‘chasida bola kaltaklandi" deb nomlangan xabar tarqaldi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25-iyul kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Hozirda Qo‘shko‘pir tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻonada Cobalt va Jiguli to‘qnashuvida 74 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 14:30 larda, 1950-yilda tug‘ilgan haydovchi N.E “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228 km.da qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tug‘ilgan haydovchi T.R boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobiliga yo‘l bermay qayrilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda “Vaz-2103” rusumli avtomobil haydovchisi N.E tan jarohati bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda erkak ayolini pichoqlab oʻldirdi

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 16:11 atrofida Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Oʻrta Charxin mahallasida 1998-yilda tugʻilgan R.R. (erkak) oʻz yashash xonadonida 2000-yilda tugʻilgan M.Sh. (ayol) ismli turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro janjallashib qolgan. Ushbu janjal natijasida R.R. oshxona pichogʻi bilan ayoli M.Sh.ning tanasining turli joylariga urib, qasddan oʻldirgan. Bu haqda UzNews.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov xabar berdi.