$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-sentyabr voqealari

Qora 7-avgust

Andijonda 39 ta mashinasi bor fuqaro 128 ta jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Andijonlik M.I. (ayol) egaligida bo‘lgan 39 nafar mashina haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jami 57,2 mln. so‘m jarima to‘ladi.

IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon tumanlararo bo‘limiga o‘tgan 8 oy davomida kelib tushgan 128 ta jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga ko‘ra, M.I.dan jami 57 235 000 so‘m undirilishi belgilangan.

Qarzdorga berilgan ogohlantirishlar natijasida barcha jarimalar to‘liq to‘langan. Shulardan, 66 ta 32 104 500 so‘mlik jarimalar avgust oyida undirilgan.

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Agentlik tomonidan Qozog‘istonning turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raldi.

Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanish tavsiya etildi.

Andijon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan choyxona va “Paynet” shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va shahar elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda “I.i.” MCHJ mas’ul shaxslari, fuqaro O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Forobiy” MFY hududidagi “Sh.” nomli choyxonasidagi uskunalarni hamda Boburshoh ko‘chasidagi “Paynet” shoxobchasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 288,8 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Toshkentda 272 ta jarimasi bo‘lgan qidiruvdagi avtomashina boshqa hududdan topildi

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hududlarida majburiy ijro byurosining Toshkent shahar tezkor qidiruv sho‘basi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, kuni kecha Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvidagi YHXBning jami 272 ta qarori yuzasidan qarzdorga tegishli Nexia-3 ga band solinib, qidiruv e’lon qilingan.

Tadbir davomida yuqoridagi qarzdorliklar yuzasidan qidiruv e’lon qilingan transport vositasi majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tezkor qidiruv sho‘basi bo‘limi xodimi tomonidan Toshkent viloyatidan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Теги :
Жамият