$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 4-sentyabr voqealari

Qora 4-avgust

 Toshkentda ustunga urilgan Cobalt yonib ketdi

2024-yilning 3-sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002-yilda tug‘ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Qirg‘izistonlik yana bir deputatning Salim Abduvaliyev bilan aloqadorligi aniqlandi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida Suzoq tumanida yashovchi fuqaro – qishloq fuqarolar yig‘inining sobiq deputati uyushgan jinoiy guruh bilan aloqasi borligi yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 1984-yilda tug‘ilgan U.Sh. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uyushgan jinoiy guruh mafkurasidan voz kechish majburiyati olingan. Avvalroq uning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan tushgan surati paydo bo‘lgan edi.

Fargʻonada 72 yoshli chol oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi

Fargʻonada 2024-yil 1-sentyabr soat 17:00 lar atrofida 1952-yilda tugʻilgan erkak oʻgʻli (1983-y.t.) bilan janjallashib, pichoqladi.

Olgan tan jarohatlari oqibatida, oʻgʻil Oltiariq tumanidagi shifoxonalardan birida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan otaga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda gumon qilinuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Lacetti doʻkonga kelib urildi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Lacetti doʻkonga kelib urildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 3-sentyabr kuni soat 16:20 larda Kattaqoʻrgʻon tumani “Mundiyon” MFY hududidan oʻtuvchi “Zarafshon traktining oʻng qirgʻogʻi” 4R-48 avtomobil yoʻlining 98-kilometrida haydovchi Lacetti avtomashinasini “Kattaming-Kadan” yoʻnalishida boshqarib kelib, yoʻlning oʻnga qiya burilish joyida tezligi yuqori boʻlgani sababli oziq-ovqat doʻkoniga kelib urilgan.

Oqibatda doʻkon ichida boʻlgan bir nafar fuqaro tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Samarqandda sodir boʻlgan dahshatli avtohalokatda Nexia-2 butunlay yonib ketdi

Samarqand shahrida “Volga”ga urilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, holat 4 sentyabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasida sodir boʻlgan. Nexia-2 harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng tomonida yonilgʻisi tugab toʻxtab turgan “Volga”ning orqa qismiga kelib urilgan.

Oqibatda Nexia-2 da yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

Boʻstonliqda yana yongʻin sodir boʻldi

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida ochiq dala maydonida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 4-sentyabr kuni soat 01:46 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Boʻstonliq tumani “Qoronqul” mahallasi hududida ochiq dala maydonda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yongʻin joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hamda 30 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. Yongʻin “Qoronqul” MFY hududidagi tuman zaxira yerlarida 2 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq oʻt va shox-shabba yongan.

Olib borilgan saʼy harakatlar natijasida yongʻin soat 02:50 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Теги :
Jamiyat