$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-sentyabr voqealari

Qora 30-sentyabr

Reklama banneri o‘rnatayotgan fuqaroni tok urdi

Joriy yilning 30-sentabr kuni soat 13:25da Shahrixon tumani Taraqqiyot MFY R.Yodgorov ko‘chasida yollanma ishchi sifatida ishlayotgan fuqaro S.A. “reklama banneri”ni o‘rnatayotgan vaqtida o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektr toki urganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Aytilgan manzilga zudlik bilan Shahrixon tumani FVB qutqaruvchilari yetib borib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan va fuqaro S.A. sog‘-salomat malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tez yordam bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazorati ostida.

Fargʻonada ohak sexi davlatga 5,6 mlrd. soʻm zarar yetkazdi

Fargʻonaning Margʻilon shahrida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilgan. Unda qoʻlbola gaz qurilmalarini (gorelka) oʻzboshimchalik bilan yer ostidan oʻtgan oʻrta bosimli gaz quvuriga ravishda ulab, 5 mlrd. 604 mln. soʻmlik 2 mln. 155 ming kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 6 milliarddan ortiq zarar yetkazildi

Navbahor tumani “Qorovultepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida soat tonggi 04:30 da o‘tkazilgan reyd davomida Qiziltepa tumani Toshrabot qishlog‘ida yashovchi fuqarolar G‘.Sh., O.M. va A.Z. Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani aniqlandi.

Huquqbuzarlar jami 26 ta tovon, 8 ta oq amur, 6 ta do‘ngpeshona, 32 ta zog‘ora, 32 ta laqqa, 249 ta Samarqand loyxo‘ragi hamda 46 ta O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori baliqlarini ovlashgan. Natijada tabiatga 6 milliard 324 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Cobalt piyodalar o‘tish joyida o‘quvchini urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan o‘quvchi qizni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat 30-sentabr kuni soat 07:45 atrofida Yuqori Chirchiq tumanidagi 14-maktab qarshisida sodir bo‘lgan. 26 yoshli haydovchi M.N. Cobalt mashinasida harakatlanib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 11 yoshli piyoda M.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda qiz markaziy shifoxonaga olib borilib, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi sababli shifoxonadan uyga ruxsat berilgan.

Noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagi “Xontepa” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.N. “L.E.” MCHJga qarashli savdo do‘konida turli nomdagi jami 2 052 quti umumiy bahosi 70 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Gʻuzor tuman bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida “Xo‘jaguzar” MFY hududidagi savdo do‘konida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 42 turdagi 1030 dona iste’molga yaroqsiz alkogol va 16 turdagi 1804 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat