$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 3-sentyabr voqealari

Qora 3-sentyabr

Sergilida Nexia-3 toʻxtab turgan Damasʻga urilib, uni agʻdarib yubordi

Toshkent shahar Sergeli tumanida Nexia-3 toʻxtab turgan Damasʻga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Holat 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan Damas bilan toʻqnashgan.

YTH oqibatida haydovchilar tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Rossiyadagi kasalxonada 5 oylik oʻzbekistonlik chaqaloq ota-onasiz qolib ketdi

Buxorolik ayol Rossiyada operatsiya qilingan 8 oylik chaqalogʻini shifoxonaga pul toʻlamagani sababli mamlakatga olib kelolmayotganini aytdi.

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyatida yashovchi ayol murojaat qilgan. Ayol va turmush oʻrtogʻi Rossiyada boʻlish muddati tugagani sababli 2024-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekistonga qaytib kelishga majbur boʻlgani, ammo 5 oylik farzandi M.Z. (joriy yilning 25-yanvarda tugʻilgan qiz bola) Sankt-Peterburg shahridagi bolalar shifoxonasida ota-ona gʻamxoʻrligisiz yolgʻiz qolganini bildirgan.

Shuningdek, hozirda davolash jarayoni tugagan boʻlsa-da, ayol farzandini Oʻzbekistonga olib kelish moddiy imkoniga ega emasligini bildirib, bolani qaytarishda amaliy yordam soʻragan.

Samarqandda SSSRni qayta tiklash bo‘yicha targ‘ibot olib borgan shaxs jinoiy jazoga tortildi

U pensiyaga chiqquncha O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida ishlagan. Erkak 2023 yil yanvar oyida Moskva shahriga borib, SSSRni qayta tuzmoqchi bo‘layotgan va buning uchun tarafdorlar yig‘ayotgan shaxslar bilan uchrashgan. So‘ngra ortga qaytib, O‘zbekistonda SSSRni qayta tiklash bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarini faol ravishda olib borgan.

Unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, E.X.ga nazorat qiluvchi organ roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, Samarqand viloyati hududini tark etmaslik, aloqa vositalari va internetdan foydalanmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar yuklatilgan.

“Soxta havola” ortida yashiringan kiberfiribgarlik

Qashqadaryo viloyatida yashovchi J.B. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 5.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi Sh.M. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, Sh.M. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali “Siz bonus yutdingiz” mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu e’longa ishongan J.B.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Теги :
Jamiyat