$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-sentyabr voqealari

Qora 28-sentyabr

 Chegara postida yo‘lovchining sumkasidan 3 metrlik ilon chiqdi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan piyodaga tegishli qo‘l sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganida, uning ichida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan 1 bosh ilon borligi aniqlandi.

3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni bo‘lib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.

Halqaro Qizil kitobga kiritilganligi sababli mazkur jonivorni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Ammo, yuqoridagi holatda yo‘lovchi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.

Toshkentda xavfli manyovrlar qilgan vayner javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda vayner ekani aytilgan qiz yuqori tezlikda harakatlanib, xavfli manyovrlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Lacetti avtomashinasi haydovchisi 2003 yilda tug‘ilgan N.M.ga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan MJTKning 128-5-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.

Ko‘kdaladagi mudhish to‘qnashuvda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda ayanchli YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashdi.

YTH Ko‘kdala — Kattaqishloq avtomobil yo‘li 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ro‘parasidan kelayotgan Nexia’ga yo‘l bermay, u bilan to‘qnashuv yuzaga keltirgan.

Holat oqibatida jami 8 kishi jarohatlangan, 4 kishi vafot etgan.

Nexia mashinasidagi 1 nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. Haydovchi va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi esa shifoxonada davolanmoqda.

Toshkentda tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Bayon qilinishicha, u o‘zining 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Ushbu shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188−3-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilikka jalb etish) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (340 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Теги :
Жамият