$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-sentyabr voqealari

Qora 25-sentyabr

68 ta jarimasi bor Spark qo‘lga tushdi

Viloyatning Yuqorichirchiq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlarning birida 68 ta 23 million so‘mlik ma’muriy jarimasi bor “Spark” avtotransport vositasi aniqlandi.

Mazkur avtoulov tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtincha jarima maydoniga qo‘yildi.

Berilgan ixtiyoriy muddatda avtotransport vositasi egasi tomonidan qarzdorlik bartaraf etilmagan holda haydovchiga tegishli bo‘lgan avtomashinani realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Ya’ni tegishli tartibda baholanib elektron auksion savdolariga chiqariladi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘i ma’muriy jarimalarni so‘ndirishga, qolgan qismi qarzdorning o‘ziga qaytariladi.

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Bugun 25-sentyabr kuni soat 06:45 larda, Toshkent shahar Yangihayot tumani Quruvchilar ko‘chasida yo‘lovchi tashuvchi ikkita “Yutong” rusumli avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 12-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 117-sonli yo‘nalish haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi avtobus Yangi hayot tumani Xonabod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasiga yetmasdan Quruvchilar ko‘chasi ulgurji bozor bekatiga burilayotgan vaqtda, 1-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 55-sonli yo‘nalish haydovchisi Sh.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Xorazmda bank binosi tomida yong‘in sodir bo‘ldi

25-sentyabr kuni soat 11:05 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, “Navbahor” MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan bank binosining ijaraga berilgan yuqori qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in salkam bir yarim soat davomida o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida bino tom qismining taxminan 30 kv.m maydoni yonib zararlangan.

3 kishini Isroilga yuborish uchun 52 ming AQSH dollari talab qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand shahrida uch nafar fuqaroni Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilib, 52 700 dollarni aldab, yolgʻon vaʼdalar bilan qoʻlga kiritgan shaxslar ushlandi.

Muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan erkaklar aybini qisman tan olib, 7 000 dollarni jabrlanganlarga qaytargan.

Bundan tashqari, boshqa bir holatda Samarqanddagi nodavlat taʼlim muassasasi xodimi ikki fuqaroni oʻqitib, keyin Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilib, 6 700 dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat