$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-sentyabr voqealari

Qora 21-sentyabr

 Rossiyada o‘zbekistonlik muhojir o‘z vatandoshini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

34 yoshli o‘zbekistonlik muhojir 19-sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi 44 yoshli vatandoshi bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ng erkaklar tortishib qolgan va bo‘lg‘usi ayblanuvchi o‘z tanishini stul bilan urib o‘ldirib qo‘ygan.

So‘ng jinoyat izini yashirish uchun, erkak sherigining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, paketlarga joylagan va suv havzasi yaqinidagi xilvat joyga olib borgan.

Oxir-oqibat, o‘zbekistonlik qo‘lga olingan, unga odam o‘ldirish ayblovi ilgari surilgan va oldini olish chorasi sifatida hibsga joylashtirilgan.

263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX Aviatsiya xavfsizligi xodimlarining o‘zaro hamkorligida qadimiy numizmatika buyumlarini respublika hududidan olib chiqilishiga bo‘lgan yana bir urinish bartaraf etildi.

Unda “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro—Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotgani aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olib qolingan 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi bundan 500 yil avval zarb etilgan bo‘lishi mumkin.

Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining “Iftixor” MFY bo‘yicha yordamchisi Elyor Toshpo‘latov o‘zining boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomobilida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari ushbu hodisa haqiqatda yuz berganini tasdiqladi.

Mahalliy Telegram-kanallardan birida “haydovchi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangani” aytiladi.

Farg‘onada qalbaki dori yasaydigan yashirin sexlar aniqlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda xonadonlardagi yashirin sexlarda bir necha nomdagi dorilar qalbakilashtirilayotgani fosh qilindi.

Xususan, dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarining yozuvi, qadog‘i va yorliqlari o‘zgartirilib, ampulalarni esa bo‘yash orqali dorixonalardagi qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar nomiga o‘zgartirilgan.

Tezkor tadbirlar davomida yashirin sehda aniqlangan dorilarning umumiy qiymati 89 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, ularni qalbakalashtirish orqali savdoga chiqarib, 625 mln. so‘mgacha sotilishi mumkin edi.

O‘zbekistonda 4 kishilik oilalar soni yil sayin kamaymoqda

Statistika agentligining uma’lumotlariga ko’ra, xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,9 % ni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bu raqamlar 2022-yilda – 18,5 %, 2023- yilda – 18 % ni tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat